23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +26 °C

Transport
23 Iyul  2019 1240

Metroning Yunusobod yo‘nalishida qurilishning ikkinchi bosqichi boshlandi

Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida yopiq usulda qurilayotgan, uzunligi qariyib 1,5 kilometrlik yangi tunnelning burg‘ulash ishlari boshlandi, deb xabar beradi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati. 

Qayd etish lozimki, ushbu jarayon Germaniyadan keltirilgan zamonaviy «Hyerrenknecht» texnikasi yordamida amalga oshirilyapti. Mazkur uskuna bir kunda 12 metrgacha bo‘lgan masofada harakatlana oladi. E'tiborlisi, yangi texnika nafaqat burg‘ulash ishlarini bajaradi, shuningdek, maxsus xalqa (tyubing)larni ham o‘rnatish jarayonini paralel ravishda olib boradi.

Ta'kidlash joizki, yangi yo‘lning umumiy uzunligi 2,93 kilometrni tashkil etib, metroning tunnel qismidagi qurilish-montaj ishlari ochiq va yopiq usulda olib borilmoqda. Bugungi kunda mazkur yer osti qurilishida 40 ga yaqin zamonaviy maxsus texnika va mexanizmlarda 180dan ortiq malakali muhandis va mutaxassislar kechayu-kunduz uzluksiz ish olib borishmoqda.

Loyiha 2019-yil oхirigacha to‘la nihoyasiga yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu bunyodkorlik ishlari nihoyasiga yetkazilgach, Yunusobod metro yo‘nalishiga yana ikkita bekat qo‘shiladi. Bular “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari bo‘lib, hozirgi kunda bekatlar oralig‘ida tonnelni qurish hamda “Turkiston” bekatida qayta chiqish (oborotniy sezd) va tupiklarini qurish bo‘yicha ochiq usulda ishlar olib borilmoqda.    
“Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichi qurilishi” loyihasining umumiy qiymati – 124,8 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Loyiha “Toshkent Metroproekt” MChJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech