18 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,5 °C

Xavfsizlik
16 Dekabr  2019 507

Standartga javob bermaydigan 5,6 ming dona tarozi to‘xtatildi

Xorijdan poytaxtimizda faoliyat olib borayotgan mas'uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga kelgan tarozilar “Sirg‘ali” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazildi, deb xabar qiladi Davlat bojxona qo‘mitasi.

Natijada, umumiy qiymati 560 million so‘mlik 5600 dona elektron tarozi tovarlarining TIF TN kodlari noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi hamda mazkur tovarlar “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasining xatiga asosan davlat standartlariga javob bermasligi aniqlandi.

Hozirda  yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech