25 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,7 °C

Xavfsizlik
5 Dekabr  2019 1134

Andijondagi portlash bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berildi

Andijon shahrida kecha, 4 dekabr kuni soat taxminan 14:05 da Andijon shahar 2-kichik dahada joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida yashovchi 30 yoshli fuqaro D.S.ning xonadonida o‘rnatilgan gaz tortgich moslamasida uyda hyech kim yo‘qligi va nazoratsiz qolishi oqibatida ko‘p miqdorda gaz to‘planib chaqnashi natijasida yong‘in kelib chiqqani haqida xabar qilgandik.

Yong‘in sabab mazkur ko‘p qavatli uyda joylashgan 8 ta xonadon zarar ko‘rgan hamda 11 nafar fuqarolar termodestruktiv mahsulotlaridan zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Jabr ko‘rganlar orasida 3 nafar voyaga yetmaganlar bor. Jabrlanganlar orasida qurbonlar yo‘q.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech