20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,6 °C

Dolzarb
4 Yanvar  2019 1850

Spirtli ichimliklar savdosi keskin cheklandi

Turkmanistonda spirtli ichimliklar savdosini yanada cheklovchi qonun kuchga kirdi. 1-yanvardan boshlab poezdlarda, samolyotlarda, kemalarda hamda sport inshootlarida alkogol mahsulotlarni  sotish man etiladi.

Bundan tashqari, milliy bayram kunlari ham spirtli ichimlik sotilmaydi. 2021-yildan boshlab esa shanba va yakshanba kunlari spirtli ichimliklarni faqat bar va restoranlarda xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Iqtisodi ishsizlik va inflyasiyaga duchor bo‘lgan Turkmanistonga avtoritar prezident Gurbanguli Berdimuhamedov yetakchilik qilib keladi. Davlat rahbari turkmanistonliklarni sport bilan shug‘ullanishga doim chorlaydi.

Prezident mamlakatda 2025-yilgacha tamakini ham yo‘q qilishga bel bog‘lagan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech