22 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,4 °C

Xavfsizlik
11 Oktyabr  2019 983

Qoraqalpog‘istonda o‘zini suvga tashlagan ayolni Milliy gvardiya xodimi qutqarib qoldi

10-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘riqlanayotgan Amudaryo ustidagi toifalangan “Qipchoq ponton ko‘prigi”dan noma'lum sabablarga ko‘ra o‘zini suvga tashlagan ayolning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qiladi.

Ma'lum bo‘lishicha, soat 11:30 larda “Cobalt” rusumli avtomashinadan noma'lum ayol kishi ko‘prik oldida tushib qolib, o‘zini daryoga tashlagan. Ko‘prik hududida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlari bu holatni ko‘rib, zudlik bilan cho‘kayotgan ayolni suvdan olib chiqqanlar.

Tez tibbiy yordam ko‘rsatish xizmati hamda tuman IIB navbatchilik qismi voqyea joyiga yetib kelguniga qadar Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan ayolga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech