23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,8 °C

Xavfsizlik
23 Yanvar  2019 1393

Soxta ish yuritib, pullarni o‘zlashtirgan hisobchi jazosini oladigan bo‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyaning Izboskan tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tekshirish o‘tkazildi. Unda fuqaro N.M. tumandagi uchta suv iste’molchilari uyushmalarida ma’lum muddat hisobchi vazifasida ishlab kelgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

N.M. mansab vakolatini suiiste’mol qilib, aslida korxonada ishlamagan jami 6 nafar shaxslarning mehnati to‘g‘risida soxta tabellar tuzib, shu asosda ularga ish haqi to‘lab borib, o‘ziga ishonib topshirilgan va ixtiyorida bo‘lgan 47,3 mln so‘m pul mablag‘larini o‘zlashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro N.M.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech