23 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,7 °C

Mamlakatimizda
2 Yanvar  2020 778

Soliq turlari 9 tagacha qisqartirildi

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida soliqlarni unifikatsiyalash, o‘xshash soliq solish bazasiga ega soliqlarni birlashtirish orqali ular soni maqbullashtirildi, soliq hisobotlari kamaytirildi va soddalashtirildi.

Soliq turlari 9 tagacha qisqartirildi. Xususan, yagona yer solig‘i, davlat boji, bojxona to‘lovlari va tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat'iy belgilangan soliq turlari bekor qilindi.

Kodeksga ko‘ra, soliq organlari soliq tekshiruvlarining quyidagi turlarini o‘tkazadi:

- kameral soliq tekshiruvi;

- sayyor soliq tekshiruvi;

- soliq auditi.

(Ilgari soliq tekshiruvlari vakolatli organ bilan kelishuvga ko‘ra o‘tkaziladigan va  vakolatli organni xabardor qilish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlardan iborat bo‘lgan)

Kodeksga transfert narx shakllantirishni nazorat qilish normalari, “o‘zaro bog‘liq shaxslar” va “o‘zaro bog‘liq shaxslar o‘rtasida nazorat qilinadigan bitimlar”, “nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi” tushunchalari kiritildi.

Shu munosabat bilan ayrim tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan faoliyat amalga oshirilishi bilan bog‘liq “soliq to‘lovchilarni konsolidatsiyalashgan guruhi” tushunchasi va ularni soliqqa tortishning xususiyatlari belgilandi.

Hujjat haqidagi to‘liq ma'lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech