24 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16 °C

Mamlakatimizda
6 May  2019 1312

Mingbuloqda neft qazib olish boshlandi

Namangan viloyatidagi Mingbuloq neft konini o‘zlashtirish bo‘yicha investitsiya loyihasiga asosan  sinov tariqasida birinchi neft qazib olindi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligining matbuot xizmati.

Loyihani amalga oshiruvchi mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Mingbuloqneft” qo‘shma korxonasi “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi  - “CNPC” tomonidan tashkil etilgan.

Loyiha O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida energetika sohasi bo‘yicha hamkorlikda amalga oshirilayotgan eng yirik loyihalardan biri bo‘lib, u “Bir makon – bir yo‘l” tarixiy strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Ekspertlarning fikricha, Mingbuloq koni bir necha sabablarga ko‘ra murakkab loyiha sanaladi. Konni o‘zlashtirish: katta chuqurlik (6000 m va undan yuqori), yuqori rezervuar bosim (115 MPa dan ortiq) va rezervuar harorat (168 ° S dan ortiq) kabi omillar shular jumlasidandir.

Ma'lumot o‘rnida, Xitoyning Tarim havzasidagi bunday konlarni o‘zlashtirishda “SNPC” neft kompaniyasi katta tajriba orttirgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech