17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,4 °C

Dolzarb
10 May  2019 831

Yaponiya qirg‘oqlarida bir soat ichida ikkita kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Ikkinchi kuchli, 6,1 magnitudali yer silkinishi Yaponiyaning Kyusyu oroli qirg‘oqlarida sodir bo‘ldi. Sal oldin o‘sha hududda 5,6 magnitudali zilzila qayd etilgandi.

U yerga eng yaqin aholi punkti - Miyadzaki shahri. Jabrlanganlar va vayronaliklar to‘g‘risida OAVda hali xabarlar berilmagan. Biroq mamlakatning atom ob'ektlarida g‘ayritabiiy vaziyatlar yuzaga kelmaganligi ma'lum.

O‘tgan chorshanbada Yaponiyaning shimoli-sharqida yer osti silkinishlari qayd etildi. Zilzila bir vaqtning o‘zida bir nechta prefekturalar - Ivate, Aomori, Miyagi va Fukusima aholisiga sezilgan. Sunami tahdidi e'lon qilindi, biroq bir necha daqiqadan so‘ng ushbu ogohlantirish bekor qilindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech