19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,4 °C

Mamlakatimizda
22 May  2019 1258

Samarqand shahrida noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uylarning buzilishi boshlandi

Samarqand shahrida noqonuniy qurilgan 159 ta ob'ektda aniqlangan qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan edi. Shundan 18 tasi respublika miqyosida, 141 tasi viloyat miqyosida hal etilishi bo‘yicha xulosalar taqdim etilgan, deb yozmoqda mahalliy internet nashrlardan biri zarnews.uz.

Viloyat hokimligi tomonidan taqdim qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, Samarqand shahrida qurilgan ko‘p qavatli turar va noturarjoy binolari qurilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruh shtabi tashkil qilingan hamda viloyat hokimligining chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Qurilish vazirligi hamda viloyat hokimligi bilan birgalikda 18 ta ob'ektning yuqori qavatlarini buzish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha loyiha ishlab chiqish uchun “Toshgiprogor” aksiyadorlik jamiyati, “ToshuyjoyLITI” aksiyadorlik jamiyati va “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi biriktirilgan. Loyiha institutlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan 56 milliard so‘m tovon puli va 17,0 milliard so‘m buzish ishlariga mablag‘ zarurligi aniqlangan.

Samarqand shahar Mironshoh ko‘chasi 4-manzilda joylashgan, “Afrosiyob Xosiyat begim makoni” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli ko‘p qavatli uy yuqoridagi tilga olingan 18 ta ob’ektning biri hisoblanadi. 20-may kuni ushbu ko‘p qavatli uyda buzish ishlari boshlandi.

Qurilish vazirligi hamda viloyat hokimligi tomonidan 18 ta ob'ektning yuqori qavatlarini buzish uchun 7 ta pudrat tashkilotlari biriktirilgan.

Viloyat hokimligi mas'ullari o‘zboshimchalik bilan qurilgan boshqa uylarning ham qurilish me’yorlariga zid bo‘lgan qismlari buzilishini ta’kidlagan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech