15 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,9 °C

IT-xabarlar
2 Avgust  2019 855

Sifat nazorati dasturi nega to‘xtab qoldi?

«Apple» butun dunyo bo‘ylab «Siri» sifat nazorati dasturini to‘xtatdi, bu vaqt davomida pudratchilar foydalanuvchilarning ba'zi so‘rovlarini tinglashadi, deya xabar tarqatadi kompaniyaning bayonotiga asoslangan «TechCrunch».

«Apple» vakilining so‘zlariga ko‘ra, pudratchilar kunlik ovozli so‘rovlarning 1 foizdan kamini olgan va ular odatda bir necha soniyalik bo‘lgan. Mutaxassislar «Siri» maxsus yoki xatolik sabab ishga tushirilganmi-yo‘qmi aniqlash maqsadida berilgan savollarga «Siri»ning javoblari qanchalik muvofiqligini va boshqalarni kuzatishdi.

«Apple» o‘zining sifat nazorati dasturini qayta ko‘rib chiqishi lozimligini aytmoqda. Kompaniya keyinchalik foydalanuvchilarning so‘rovlari tekshirishga yuboriladimi-yo‘qmi tanlashga imkon beruvchi yangilanishni va'da qildi.

2019-yilning iyuli oxirida pudratchilardan biri «Guardian»ga xodimlarga tez-tez maxfiy tibbiy ma'lumot, giyohvand moddalar bilan bog‘liq kelishuvlar va boshqa yozuvlar uchrayotganini aytgan.

2019-yilning iyul oyida xuddi shunday vaziyatga «Google» tushib qoldi. Jurnalistlar bir nechta pudratchilar tomonidan «Google Assistant»ga kiritilgan murojaatlarni olishdi. Kompaniya darhol ichki tekshiruvni boshlagan. «Google» shuningdek, o‘z alohida tergovini boshlagan nemis regulyatori iltimosiga binoan yevropa Ittifoqidagi «Google Assistant» foydalanuvchilarining yozuvlarini tinglashni vaqtincha to‘xtatdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech