17 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2 °C

Voqea-hodisalar
10 Dekabr  2019 544

Sidneyda havoning ifloslanishi xavfli nuqtadan o‘tib ketdi

Sidneyda havoning ifloslanishi xavfli nuqtadan o‘tib ketdi, ba'zi hududlarda «hayot uchun xavfli»lik darajasi 11 baravardan ziyodga oshdi, deya xabar beradi SBS teleanali.

Yangi Janubiy Uels shtatidagi o‘rmon yong‘inlari sababli Sidney va uning atrofidagi aholi istiqomat qiladigan hududlar qalin tutun bilan qoplandi, butun shahar bo‘ylab yong‘in xavfi haqidagi ogohlantirishlar yangramoqda. Tutun sabab qator idoralar, jumladan, qishloq yong‘inga qarshi xizmati shtab-kvartirasi va  «Sydney Morning Herald» gazetasining tahririyati ham, xavfsiz joyga ko‘chirilgan.

Tutun va ko‘rishning yomonligi sababli hukumat sport bellashuvlari va Port-Jekson ko‘rfazidagi parom qatnovlarini to‘xtatib qo‘ydi.

«Favqulodda quyuq tutun yana issiq havo harorati salomatlik uchun tom ma'noda jiddiy xavf tug‘diradi. Issiq harorat va kuchli esayotgan shamol yong‘in xavfini yanada oshirmoqda», deya ma'lumot bergan shtat meteorologik byurosi mutaxassislari Twitter orqali.

Hozirda Avstraliyada konsertlar berayotgan buyukbritaniyalik qo‘shiqchi va musiqachi, «Oasis» guruhining sobiq vokalchisi Liam Gallaxer ham Twitter da: «Tutun sababli Sidney dahshatli tarzda xunuk ko‘rinmoqda», deya xabar qoldirgan.

Avstraliyada noyabr oyi boshida yong‘inlar yangi kuch bilan paydo bo‘ldi. Aholi orasida qurbonlar bor. Yong‘inlar million gektardan ziyod maydonni yo‘q qilgan, jumladan, koala ayiqlari yashaydigan o‘rmonlarni ham.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech