17 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,6 °C

Turizm
16 Sentyabr  2019 560

Shvetsiyada O‘zbekiston Mustaqilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

15-sentyabr kuni Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahrida O‘zbekiston Mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbir Shvetsiyada istiqomat qilayotgan faol vatandoshlar tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi hamkorligida tashkil etildi, deb xabar beradi qo‘mita matbuot xizmati.

Tadbirda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi, Shvetsiyada faoliyat yurituvchi turkompaniyalar vakillari va 100 dan ortiq vatandoshimiz ishtirok etishdi. Stokgolmdagi tadbir davomida O‘zbekistonning turizm salohiyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Xususan, yig‘ilganlar yurtimizda turizmni rivojlantirishga doir amalga oshirilayotgan islohotlar, sohani jadal rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorlar, yurtimizning investitsiya salohiyati kabi ma'lumotlardan xabardor qilindi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan vatandoshlar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda Shvetsiyada ko‘plab o‘zbek diasporasi yashashini inobatga olib, xorijda O‘zbekiston turistik brendini targ‘ib qilish imkoniyatlariga doir amaliy masalalar muhokama qilindi hamda vatandoshlarimiz bilan hamkorlik istiqbollari belgilandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech