17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,4 °C

Xavfsizlik
16 May  2019 479

“Shvetsariya bankida katta miqdorda puli bo‘lgan” firibgar ushlandi

Joriy yilning 15-may kuni Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tuman prokuraturasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, hamqishlog‘ini chuv tushurgan firibgar qo‘lga olingan, deb xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Gap shundaki 2018-yil noyabr oyida Chaydari qishlog‘ida yashovchi M.X. hamqishlog‘i N.N.ni tadbirkorlik qilish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasiga ketayotganligini eshitib, unga Shvetsariyadagi bankda o‘zining hisobida katta miqdorda puli borligi va Xitoy Xalq Respublikasidagi hisob raqamiga 10 000 AQSh dollari o‘tkazib berishini aytib, undan 3 mln. so‘m pul va 5 000 AQSh dollarini olgan va uning hisob raqamiga pul o‘tkazganligi haqida soxta bank qog‘ozini taqdim qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.X. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech