08 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,6 °C

Xavfsizlik
24 Dekabr  2018 1841

Piyodalar ehtiyot bo‘ling, aks holda jarima to‘laysiz

Toshkent yo‘llarida yil boshidan buyon 28 812 nafar piyodalar yo‘l harakati qoidalarini buzganliklari uchun jarimaga tortildi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2018 -yilning 1-yanvar kunidan 19-dekabrgacha Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari 28 812 nafar piyodalarga nisbatan yo‘l harakati qoidalarini buzganliklari uchun ma’muriy bayonnoma tuzgan. Shu bilan birga, dekabr oyning 19-sanasiga qadar 6 816 nafar piyodalar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 138-moddasida piyodalarning yo‘l harakatini tartibga soluvchi ishoralarga bo‘ysunmasligi, yo‘lning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib o‘tishi, piyodalar yo‘lning qatnov qismida, shu jumladan, piyodalar o‘tish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanishi, kitoblarni yoki davriy nashrlarni o‘qishi, videomateriallarni tomosha qilishi hamda audiomateriallarni eshitishi, shuningdek, e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanishi eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi qayd etilgan. 

O‘z axborotimiz
Surat nuz.uz

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech