22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -0,4 °C

Voqea-hodisalar
21 Oktyabr  2019 435

ShHT BMT va ASEAN bilan hamkorlikda antinarkotik tadbirlarni rejalashtirmoqda

Shanxay hamkorlik tashkiloti ASEAN va BMT maxsus idorasi bilan hamkorlikda qator antinarkotik tadbirlarni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi ShHT bosh kotibi Vladimir Norov.

«Biz BMT giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha idorasi bilan faol hamkorlik qilmoqdamiz, BMT - ShHT - ASeAN UNP formatida qo‘shma antinarkotik tadbirlarni o‘tkazishni rejalashtiryapmiz», dedi u Syanshan xavfsizlik forumida.

Norov so‘nggi besh yil ichida tashkilotga a'zo davlatlarning birgalikdagi sa'y-harakatlari natijasida yevroosiyo hududida topilgan giyohvand moddalarning 40% dan ortig‘i qo‘lga olinganini ma'lum qildi.

«Shu bilan birga ShHTning giyohvand moddalar kontrabandasiga qarshi kurashish borasidagi tajribasi mintaqaviy va xalqaro miqyosda tobora ommalashib bormoqda», deya qo‘shimcha qildi u.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech