18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,7 °C

Sport
14 Fevral  2019 1071

Shohjahon Ergashev IBF chempionlik kamari uchun jang qiladi

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan hamyurtimiz Shohjahon Ergashev (15-0, 14 KO) 15-fevral kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Shu kuni Shohjahonga amerikalik yengilmas bokschi Maykal Foks (19-0, 5KO) raqiblik qiladi. Jang AQShning Kanzas shtatining Mulveyn shahridagi “Kanzas Star“ arenasida o‘tkaziladi.

GoSport.uz internet-nashri bergan xabarga ko‘ra, mazkur bellashuv super yengil vazn toifasining IBF International chempionlik kamari uchun kechadi. Jang 10 raundga mo‘ljallangan.

Shohjahon Ergashev IBF yo‘nalishining yanvar oyi uchun yangilangan reytingida bir pog‘ona ko‘tarilib, 11-o‘ringa joylashgan. Foks nufuzli yo‘nalishlar reytingida qayd qilinmagan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech