24 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,7 °C

Salomatlik
9 Iyun  2019 559

“Shifokorlarning sa’y-harakati bilan sog‘ligim yana tiklandi”

Xizmat safari bilan Toshkentga kelgan samarqandlik Abdurahmon Valiyev to‘satdan qorin bo‘shlig‘ida kuchli og‘riq his qiladi. Og‘riq to‘xtamagach Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga murojaat qildi.

 

Shifokorlar tomonidan zudlik bilan yordam ko‘rsatilib, bemorni operatsiya qilish zarurligi, aks holda kasallik og‘ir oqibatlarga olib kelishi aytiladi va A.Valiyev jarrahlik yo‘li bilan davolanadi. Operatsiyaning muvaffaqiyatli o‘tishi natijasida bir hafta ichida bemor sog‘ayib, kasallikdan butkul qutiladi. 

Ha, bugun yurtimizda boshqa sohalar qatori sog‘liqni saqlash tizimida ham katta o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Tibbiyot sohasida rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalari kengayib borayotir. Eng zamonaviy tibbiyot texnologiyalari keltirilib, qator murakkab operatsiyalar mamlakatimizda amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining birinchi xirurgiya bo‘limida ham ana shunday murakkab operatsiyalar qilinib, bemorlar dardiga shifo topib ketmoqda. Abdurahmon Valiyev – ulardan biri.

– Issiq jonning istimasi bo‘ladi, deb bejiz aytishmaydi, inson istalgan paytda bemorga aylanishi mumkin, – deydi  A.Valiyev. – Mamlakatimizda tibbiyot sohasi rivojlanib bormoqda. Sohada zamonaviy texnologiyalardan foydalanilishi bilan birga malakali va tajribali shifokorlarimiz ko‘payib bormoqda. Buni davolash jarayoni, tashxis qo‘yish, operatsiyalarning bemorni qiynamasdan o‘tkazilishidan ham bilish mumkin. O‘zim buni guvohi bo‘ldim. Men Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining birinchi xirurgiya bo‘limi shifokorlari, bo‘lim boshlig‘i jarroh Ravshan Yangiyev, jarroh Fazliddin Shokirov, davolovchi vrach Azizbek Avezov, anesteziolog Abduvohid Ahmedov va hamshiralarga o‘z minnaddorchiligimni bildiraman. Ularning vaqtida ko‘rsatgan yordami tufayli sog‘ligim yana tiklandi.

Darhaqiqat, o‘z ishiga mas'uliyat bilan yondashadigan shifokorlarning sa'y-harakatlari, vaqtida ko‘rsatilgan yordam tufayli qanchadan-qancha bemorlar dardiga shifo topib, sog‘ligini tiklab olishmoqda. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech