17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,4 °C

Xalqaro munosabatlar
1 May  2019 975

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning yangi Imperatoriga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning bir yuz yigirma oltinchi Imperatori sifatida taxtga o‘tirgani munosabati Yaponiya Imperatori Naruxitoga samimiy qutlovlar va eng ezgu tilaklar bitilgan maktub yo‘lladi. 

Davlatimiz rahbari o‘z maktubida Naruxitoning “Reyva” deb nom olgan hukmronlik davrida Yaponiya barqaror va uyg‘un rivojlanishiga, mamlakatning jahondagi yetakchi o‘rni yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.

“Umid qilamanki, Sizning ko‘magingiz bilan O‘zbekiston-Yaponiya strategik sherikligini mustahkamlash va kengaytirish borasidagi aniq maqsadga yo‘naltirilgan birgalikdagi sa’y-harakatlar davom ettiriladi”, - deb ta’kidlagan Prezidentimiz o‘z qutlovida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech