20 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,1 °C

Xalqaro munosabatlar
15 Oktyabr  2019 612
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi

Bokuda o‘tayotgan Turkiy kengash sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari Nursulton Nazarboyevni Turkiy kengashning faxrli raisi etib saylangani hamda Turkiy dunyoning oliy ordeniga sazovor bo‘lgani bilan tabrikladi.

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Kengashga asos solinishi va uning rivojlanishiga, tashkilot doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikning kengayishiga katta hissa qo‘shgani alohida ta'kidlandi.

Elboshi Nursulton Nazarboyev, o‘z navbatida, O‘zbekistonning Turkiy kengashga qo‘shilishi ushbu tuzilmaning xalqaro nufuzini va hamkorlik samaradorligini oshirishga xizmat qilishini qayd etdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarga oid, shuningdek, global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech