18 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,4 °C

Madaniyat
13 May  2019 1142

“Sharq taronalari”da ishtirok etish uchun 513 nafar ijodkor murojaat qilgan

Madaniyat vazirligida “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish bo‘yicha shtab yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Madaniyat vaziri tegishli boshqarma boshliqlari va xodimlari bilan birgalikda festivalni yuqori saviyada o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishlarini belgilab oldi.

2018-yil otyabr oyidan buyon “Sharq taronalari” direksiyasiga festivalda ishtirok etish uchun 513 nafar ijodkor ishtirok etish istagini bildirgan. Shulardan eng sara jamoalar va yakkaxon tartibda ijro etadigan san’at ustalari 2019-yil avgust oyining uchinchi haftaligida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan “Sharq Taronalari” musiqa festivalida ishtirok etadi.

Festival doirasida o‘tkaziladigan ochiq konsertlar, ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, xalqaro ilmiy va matbuot konferensiyalari, mahorat darslari va boshqa masalalar bo‘yicha dasturlar yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech