21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34 °C

Salomatlik
10 Sentyabr  2019 535

Sog‘lom va to‘laqonli hayot uchun imkoniyat

Bugun Toshkentda “Reabilitologiya: erishilgan yutuqlar, muammolar, istiqbollar – 2019” mavzuida I Milliy respublika konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda "Rossiyskiy eksportnыy sentr" AJ ko‘magida tashkil qilindi. Unda bemorlarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha Rossiyaning eng so‘nggi raqamli kompyuterlashtirilgan tizimidan foydalangan holda, O‘zbekiston reabilitatsiya sanoatini rivojlantirish konsepsiyasi taqdim etildi. Ushbu tizim Rossiya fanlar akademiyasi Akademigi Konstantin Lyadov rahbarligidagi ilmiy guruh boshchiligida «MedInvestGrupp» kompaniyasi ishtirokida ishlab chiqilgan. O‘zbekistonda mazkur ishlanmani nevrologiya, kardiologiya, travmatologiya yo‘nalishlari bo‘yicha amaliyotga tadbiq etish rejalashtirilgan.

Ma'lumki, O‘zbekistonda har yili insult bilan kasallangan 46 ming nafarga yaqin bemorlar, bosh miya jarohatlaridan keyingi 13 ming nafarga yaqin bemorlar reabilitatsiyaga muhtoj. Respublikamizda reabilitatsiya muolajalariga bajarilishi kerak bo‘lgan 700 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar istiqomat qilishmoqda. Ayni paytda, amaldagi reabilitatsiya markazlarining o‘tkazish quvvati esa – atigi yiliga 20 ming nafar bemorga xizmat ko‘rsatish bilan cheklanib qolgan. Shu bois, Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq, ushbu sohada jahondagi eng yaxshi tajribani hisobga olgan holda, reabilitatsiya tizimini kompleks tarzda isloh qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxasslari birinchi bosqichda xorijiy mutaxassislarning reabilitatsiya tizimini modernizatsiyalashga oid qator takliflarini ko‘rib chiqdilar. Ular orasida Rossiya fanlar akademiyasi Akademigi Konstantin Viktorovich Lyadov rahbarligidagi ilmiy guruh boshchiligida «MedInvestGrupp» kompaniyasi ishtirokida ishlab chiqilgan ishlanma ayniqsa, ularning e'tiborini tortdi.

“Ushbu konferensiya O‘zbekiston oldida turgan juda muhim muammolarni hal etishga chaqirilgan – deb ta'kidlaydi akademik Lyadov. – Konferensiyada biz butun dunyoda qo‘llanadigan zamonaviy qo‘llanma va texnologiyalarni namoyish qildik.  Shuni ta'kidlash kerakki, so‘ngi yillarda tibbiyot neyroxirurgiya, kardiologiya, travmatologiya sohalarida sezilarli yutuqlarga erishdi. Bizning vazifamiz — ularni O‘zbekiston bo‘ylab tatbiq etib, ularning qaysilari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash markazi tartibiga kiritish uchun maqbul ekanligini birgalikda muloxaza qilishdir.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech