17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,4 °C

Mamlakatimizda
9 Aprel  2019 875

Shahrisabzda “Men soliq to‘lovchi” aksiyasiga start berildi

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 8-11-aprel kunlari Shahrisabz, Samarqand va Toshkent shaharlarida “Men soliq to‘lovchi” “Ya nalogoplatelщik” shiori ostida yoshlar o‘rtasida soliq madaniyatini shakllantirishga qaratilgan aksiya o‘tkazilmoqda.

 

Bugun Qashqadryo viloyatining Shahrisabz shahrida mazkur aksiyaga bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji o‘quvchilari hamda oliy ta'lim muassasalari talaba-yoshlari, Davlat soliq qo‘mitasi xodimlari, mahalliy hokimlik vakillari, ijodkor ziyolilar, o‘zbek estradasining taniqli namoyandalari ishtirok etdi.

Aksiya davomida davlat soliq organlari xodimlari yoshlarga qiziqarli va qulay muhitda soliqlar hamda soliqqa tortishning mohiyati va ahamiyati haqida so‘zlab berishdi, turli viktorinalar o‘tkazildi, “Men soliq to‘lovchi”, “Ya nalogoplatelщik” xeshteglari ostida ijtimoiy tarmoqlarda selfilar tanlovi tashkil etildi. Eng kreativ hamda mazmunli izohga ega selfi sohiblariga sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, bo‘lg‘usi soliq to‘lovchilarga “Temur tuzuklari” kitoblari taqdim etildi.

Bundan tashqari, aksiyaning faol ishtirokchilari va tanlov g‘oliblari yozgi ta'til davrini maroqli o‘tkazishlari maqsadida “Xumson” dam olish oromgohiga taklif etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech