24 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,5 °C

Sport
5 Aprel  2019 1173

Shahobiddin Zoirov bugun professional boksda debyut jangini o‘tkazadi

Rio Olimpiadasi qahramonlaridan biri Shahobiddin Zoirov bugun professional boksda o‘zining debyut jangini o‘tkazadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati ma’lum qilgan.

 

Uning mazkur bahsi BAAda tashkil qilinadi.

Zoirov “MTK” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan. Uning debyut jangdagi raqibi indoneziyalik Entoni Xolt bo‘ladi. Ma’lumot uchun, Xolt shu paytgacha 10 ta jang o‘tkazgan va ularning 5 tasida g‘alaba qozongan. Shuningdek, uning hisobida 4 mag‘lubiyat va 1 durang ham bor.

Kecha jangdan avval matbuot anjumani va vazn o‘lchash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtimiz 54,88 kg, uning raqibi esa 54,38 kg vaznda, deya qayd etilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech