15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,8 °C

Tashvishli xabar
8 Iyul  2019 906

Shahar tozaligi haqida so‘z: Namanganda nega chiqindi tashlanadigan qutilar yo‘q?

Poytaxtdan kelgan do‘stlarimiz bilan istirohat bog‘ida aylanib yurib, ko‘l bo‘yidagi o‘rindiqlardan biriga o‘tirdik. Suhbatlashib o‘tirib, muzqaymoq qadog‘ini tashlash uchun u yoq-bu yoqqa qarab chiqindi quti qidirayotgan ikki qizga ko‘zimiz tushdi. Topa olishmadi va qo‘llaridagi chiqindini shundoq daraxt tagiga tashlashdi. Bunday muammo Namanganda deyarli hamma joyda bor.

Tasdiqlangan me’yorlarga muvofiq, aholi punktlarida har bir 50 metrda chiqindilarni yig‘ish va vaqtincha saqlash uchun maxsus mo‘ljallangan qutilarni o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Ular ko‘p qavatli uylarning kirish joylarida ham turishi kerak, ammo afsuski, deyarli hech bir joyda ular yo‘q. Shunday qilib, Uychi ko‘chasida ko‘p qavatli uylar qurildi, ammo me'morlaru quruvchilar chiqindi qutilarni aniq unutishgan. Chorsudagi yetti qavatli uy yaqinida faqat kichik chiqindi qutisi o‘rnatilgan bo‘lib, uyam to‘lib-toshib ketgan. Pashsha, sichqon, suvaraklar allaqachon o‘sha joyni makon qilishgan. Lekin uning yaqinginasida bir nechta umumiy ovqatlanish nuqtalari bor, nonlar sotiladi.

- Ko‘p qavatli uyda yashayman va ko‘p yillardan beri birorta ham chiqindi qutini ko‘rganim yo‘q, - deydi Nasiba Alimova. - Bu shunchaki, mayda-chuyda gap emas, agar biz kattalar duch kelgan joyga chiqindi tashlayversak, bolalarimizga qanday o‘rnak ko‘rsatamiz? Keyin ularga jamoat gigienasiga rioya qilish kerakligini qanday uqtiramiz?

Ma’lumot uchun, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar har bir muassasa binosi, savdo ob’ektining kirish (chiqish) joyiga bitta yoki ikkita chiqindi quti quti qo‘yilishi lozim, shuncha quti metroga kirish-chiqish, yer osti va yer usti o‘tish yo‘llarilarining kirish (chiqish) joyiga qo‘yilishi kerak. Namanganda bu qoidalarga amal qilinmaydi. Men tez-tez «Isfaxon» supermarketi yonidan yuraman va yer osti yo‘liga tushganimda ko‘pincha chiqindilarga ko‘zim tushadi.

Alohida ta'kidlash joizki, madaniyat va istirohat bog‘larida, o‘rmon massivlarida, bog‘larda, xiyobonlarda, skver va alleyalarda har bir 800 m2 maydonda, bir-biridan 40 metrdan ko‘p bo‘lmagan masofada (yo‘lak chizig‘i bo‘ylab o‘rnatilganda) bittadan chiqindi quti qo‘yilishi lozim. Bozorlar, supermarketlar va gipermarketlarga kelsak, har bir 250 m2 maydonda, bir-biridan 10 metrdan ko‘p bo‘lmagan masofada chiqindi quti qo‘yilishi kerak (savdo rastalari chizig‘i bo‘ylab o‘rnatilganda). Jamoat transporti bekatlari bir yoki ikkita quti bilan jihozlanishi loxim. Davolash muassasalari hududida har 700 m2 maydon uchun bir dona o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Ko‘p qavatli uylar, markaziy maydonlar, piyodalar yo‘lagi va zonalarining quyi qismida magistral ko‘chalar bo‘ylab, shuningdek, ko‘priklarda (hududdan foydalanish intensivligiga qarab) agar intensiv piyodalar harakati mavjud bo‘lsa, har 50 metr joyga bitta chiqindi tashlanadigan quti o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Gavjum joylar uchun bunday me'yor 100 metrdan oshmasligi lozim.

- Duch kelgan joyga chiqindi tashlash - bu nafaqat shahar qiyofasi va ekologiyasiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish korxonalari xodimlari uchun qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diradi, balki infeksiyalar tarqalishi xavfi yuzaga keladi degani ham, - deydi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati viloyat markazi sanitariya bo‘limi boshlig‘i Madaminjon Tohirov. - Bu, ayniqsa, yozda g‘oyat dolzarb bo‘ladi: ko‘plab fuqarolarimiz muzqaymoq iste'mol qiladi va salqin ichimliklar ichishgach, idishlarini duch kelgan joyga tashlab ketishadi. Shunday qilib, gulxonaga tashlangan plastik shisha bir necha yuz yil ichida parchalanishi mumkin. Bu haqda o‘ylash kerak. Afsuski, shaharning drenaj tarmog‘i turli chiqindilar bilan to‘lib ketgan, bu toshqin paytida hammayoqni suv bosib ketishiga olib kelishi mumkin. Haqiqatan ham, bu shahar ma'muriyati bosh qotirishi kerak bo‘lgan masaladir…

Feruza Otaxonova.

«Pravda Vostoka».

Namangan viloyati.

«Pravda Vostoka» gazetasining 2019-yil 5-iyuldagi 135-sonida «Замолвим слово о чистоте города: почему нет урн в Намангане?» sarlavhasi bilan chop etilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech