22 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,4 °C

Mamlakatimizda
11 Oktyabr  2019 303

Senat tomonidan “Mudofaa to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun ma'qullandi

Ushbu Qonunning maqsadi mudofaa sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qonunning asosiy vazifalari mudofaani tashkil etishning va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini boshqarishning huquqiy asoslarini belgilashdan, mamlakat mudofaasini ta'minlashda davlat organlarining vakolatlarini, shuningdek, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, tashkilotlar va fuqarolarning ishtirok etishini aniqlashdan iborat etib belgilanmoqda.

Ma'qullangan Qonunga ko‘ra, mudofaa – bu O‘zbekiston Respublikasining suverenitetini, hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilishni ta'minlash borasidagi siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy-huquqiy, axborotga oid, tashkiliy va boshqa tusdagi chora-tadbirlar tizimidir.

Mustaqillikni, suverenitetni, hududiy yaxlitlikni va konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, davlatning harbiy xavfsizligini ta'minlash, Markaziy Osiyoda xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni, xavfsizlikni, barqarorlikni va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash, davlatning harbiy tashkilotini muntazam ravishda rivojlantirish, uni O‘zbekiston Respublikasini qurolli himoya qilishga shay holatda saqlab turish mudofaa sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadlari sifatida belgilanmoqda.

Qonunda, shuningdek, Qurolli Kuchlarning asosiy vazifalari, Qurolli Kuchlarni qo‘llash hamda mudofaani harbiy-iqtisodiy jihatdan ta'minlash masalalari ham belgilanmoqda.

Ma'qullangan qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e'lon qilingach rasmiy kuchga ega bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech