26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36 °C

Bilasizmi?
29 Yanvar  2019 1284

Semizlikka olib keluvchi yana bir sabab aniqlandi

AQShning Pittsburg universiteti tadqiqotchilari tomonidan semirish xavfini 30-40 foizga oshiruvchi gen mavjudligi aniqlandi. Mazkur gen inson organizmida shu kunga qadar topilgan irsiy omillar ichida eng kuchlisidir. Tadqiqot ishlari Nature Genetics jurnalida chop etildi.

Stiven Mak Garvi boshchiligidagi olimlar guruhi Samoa arxipelagi tub aholisining 5 mingdan ortiq genomlarida tadqiqot o‘tkazishdi. Samoa arxipelagining tadqiqot uchun tanlaganiga bu yerda semizlik kasalligining eng yuqori ko‘rsatkichi qayd etilgani sabab bo‘ldi.

Aniqlanishicha, tajribadagilarning chorak qismida tana hajmini bir yarim foizga ortishiga ta’sir ko‘rsatuvchi CREBRF geni bor. Masalan, o‘rta bo‘yli 82 kilogramm vaznga ega bo‘lgan insonning qo‘shimcha massasi 4,6 kilogrammni tashkil etadi.

CREBRF yog‘li qatlamlar ko‘proq yog‘ saqlab qolishi va kam quvvat ajratishiga olib keladi,  deya qayd etishdi tadqiqotchilar.

Kasallikning yana bir boshqa omili — Samoa arxipelagi tub aholisi jismoniy faolligining pasayishi va ratsionning yuqori kaloriyali oziq-ovqat iste’moliga moyilligi o‘zgarishida.                                                                                                          

“Ikki yuz yil avval samoaliklar semizlikdan aziyat chekishmagan. Gen tezda o‘zgarib qolmagan, aksincha, ovqatlanish odati sekin o‘zgara boshlagan”, — deydi Mak Garvi.

Olimlarning qayd etishicha, CREBRF odatda ovro‘paliklar, afrikaliklar va Sharqiy Osiyo aholisi orasida deyarli uchramaydi. 

 

O‘z muxbirimiz.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech