23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,3 °C

Bilasizmi?
8 May  2019 769

Semirib ketgan erkak bilan oila a’zolari gaplashmay qo‘ydi

AQShning Oklaxoma shtati markazida yashovchi Kaylas Givens (Cillas Givens) bolaligidan semirishga moyil edi. Vazni naq 330 kiloga yetgach, u bilan hatto rafiqasi va uch farzandi ham gaplashmay qo‘yadi. U umuman harakatlanmas, bir joyda o‘tirar, kislorod niqobi orqali nafas olardi.

Shundan so‘ng Kaylas ozishga qaror qilib, jarroh Yunan Novzaradanga murojaat qildi. Uni darhol gospitalga yotqizishdi. Shifokor unga qat'iy parhyez tutib, faol harakat qilmasa tez orada vafot etishini bildirdi.

Oradan bir oy o‘tib, Givens 96 kiloga ozdi. Keyin esa fizioterapiya yordamida yana 123 kilogrammdan xalos bo‘ldi.

Givens oilasiga qaytish uchun ozishda davom etdi. Nihoyat, uning vazni 142 kilogrammga tushdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech