
Sport
12
Noyabr 2019
797
Tarixida ilk bor zamonaviy beshkurash sportida Olimpiya o‘yinlariga litsenziya qo‘lga kiritildi
Ayni kunlarda Xitoyning Uxan shahrida zamonaviy beshkurash bo‘yicha Osiyo-Okeaniya mintaqasi uchun Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarlisi, ushbu turnirda sportimiz tarixida ilk bor o‘zbekistonlik zamonaviy beshkurashchi Alise Faxrutdinova yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritdi, deb xabar qiladi MOQ matbuot xizmati.
Mazkur musobaqada terma jamoamiz mamlakatlar reytingida uchinchi o‘rinni egalladi va bu delegatsiyamiz uchun Olimpiya o‘yinlariga bitta litsenziya taqdim qildi.
Musobaqada kuchli beshlik quyidagi ko‘rinishni hosil qildi:
1.Janubiy Koreya
2. Yaponiya
3. O‘zbekiston
4. Xitoy
5. Qozog‘iston.