22 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,3 °C

Mamlakatimizda
8 Aprel  2019 1311

Sayyor qabulda fuqaro ishli bo‘ldi

7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikassi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari Alisher Usmanov, Prezident Administratsiyasi yetakchi inspektori Shokir Atadjanov, Surxondaryo viloyati Xalq qabulxonasi rahbari Abdulhakim Eshmuratov, Denov tumanining 4 ta sektor rahbari, Surxondaryo viloyatidagi tashkilot rahbarlari Denov tumani aholisining murojaatlarini tinglash maqsadida olis “Mehnatobod” mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

 

Qabul jarayonida aksariyat fuqarolarning murojatlari joyida hal etildi. Xususan, tog‘li Sina qishlog‘idan Sayyora Temirova oilaviy sharoiti yaxshi emasligi va ishlash istagi borligini aytib murojaat qildi. Uning murojaati o‘sha joyning o‘zida hal etilib Sayyora Temirova o‘zining uyiga yaqin bo‘lgan 14 qishloq vrachlik punktiga ishga kirdi. Masalasi bu qadar oson hal bo‘lgan fuqaro xursandligini izxor etib, rahbarlarga tashakkur aytdi.

Denov tuman fuqarosi Shodiev Qurbonali taqdir taqozosi bilan og‘irshatoitga tushib qolgan. Uning turmush o‘rtog‘i bir necha yildan buyon jigar serrozi bilan og‘riydi. U bugungi kunda turmush o‘rtog‘i uchun dori-darmon olishda moddiy qiyinchilikka duch kelmoqda. Ushbu masala Denov tuman hokimi B.Ibotov va Denov tuman Tibbiyot birlashmasi rahbari Y.Bo‘riev tomonidan nazoratga olinib, unga moddiy yordam ajratildi.

Qabulda yoshlarni ish bilan ta'minlash, ularni qiynayotgan masalalarni hal etishga alohida e'tibor qaratildi. Qabulda Denov tumanidagi “Dashti chinor” mahallasi fuqarosi To‘raev Shohruh tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagini bildirdi.  O‘zbekiston Respublikassi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari Alisher Usmanov To‘raev Shohruhga kredit ajratilishi bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Shu joyning o‘zida 4-sektor rahbari – Denov tuman Soliq Inspeksiyasi rahbari Odil Yoqubov Shohruhga “Mikrokreditbank” Denov tuman bo‘limidan 28 million so‘m kredit rasmiylashtirish uchun tavsifnoma berdi.

Denov tumanida o‘tkazilgan qabulda 186 ta murojaat eshitildi. Shundan  51,3 foizi joyida hal etildi. Qolgan 48,7 foiz murojaatlar nazoratga olindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech