17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,4 °C

Mamlakatimizda
9 Aprel  2019 643

Sayyor qabulda bir oilaning nikohi rasmiylashtirilib farzandlariga guvohnoma berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi o‘rinbosari A.Usmanov boshchiligida Surxondaryo viloyati Xalq qabulxonasi mudiri A.Eshmuratov hamda viloyatdagi mas'ul tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida viloyat markazidan 107 km. uzoqlikda joylashgan Qiziriq tumani “yetimqum” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

 

Ushbu qabulda ishtirok etgan 152 nafar fuqaroning turli masalalarga oid 199 ta murojaatlari qabul qilindi va bu murojaatlarning aksariyati shu kunning o‘zidayoq hal etildi. Qo‘shimcha muddat talab etilgan murojaatlar nazoratga olinib, qisqa muddatlarda hal etib berish yuzasidan mutassadi tashkilot rahbarlari hamda mas'ul xodimlariga topshiriqlar berildi.

Jumladan, tumanning “Bag‘rikeng” mahallasida yashovchi Kamola Shoberdieva  va turmush o‘rtog‘i Bahodir Saparovlar 2008-yildan buyon 3 nafar farzandiga rasmiy nikohdan o‘tmaganligi sababli tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarni olishmagan. Bu  murojaat tuman FHDYo bo‘limi bilan birga o‘rganilda va ularning nikohi rasmiylashtirilib, farzandlariga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar sayyor qabul jarayonida topshirildi.

Shuningdek, “Karmaki” mahallasida yashovchi Maqsuda O‘rozova yillar davomida “Mikrokreditbank”ning tuman filialiga yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida tikuvchilikni rivojlantirish  uchn  kredit ajratishlarini  so‘rab kelgan, ammo, uning murojaati qanoatlantirilmagan. Uning murojaat qabul jarayonida atroflicha o‘rganilib, Mikrokreditbank tuman filiali tomonidan fuqaro Maqsuda O‘rozovaga qonuniy tartibda 7 mln. so‘m kredit mablag‘i 5-aprel kuni chiqarib berilishi kafolatlandi.

Shu yerda haqli savol tug‘iladi, aksariyat murojaatlar yechimi yillar davomida paysalga solib kelinayotganining sababi nimada? Ana shu haqli savol mutasadilarning halovatini buzsa, o‘z vazifasiga mas'uliyat bilan yondoshsa – muammolar o‘z vaqtida hal bo‘ladi va aholining ertangi kunga bo‘lgan umidi ortib boraveradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech