26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,4 °C

Bilasizmi?
27 Mart  2019 814

Samolyot adashib, Germaniyaga emas, balki Shotlandiyaga qo‘ndi

Joriy yilning 25-mart kuni «British Airways» aviakompaniyasi samolyoti Londondan Germaniyaning Dyusseldorf shahriga parvoz qildi. Ammo adashib, Shotlandiya poytaxti Edinburg aeroportiga qo‘ndi, deya xabar tarqatdi BBC.

 

Edinburg Dyusseldorfdan 844 kilometr masofada joylashgan. Yo‘lovchilarga Shotlandiyaga uchib kelishganini aytishganda esa ular buni ekipaj hazillashyapti, deya qabul qilishgan.

Bunday adashishga London aeroportida uchuvchilar va dispetcherlar quliga tutqazilgan noto‘g‘ri parvoz rejasi sabab bo‘lgan. Hujjatda yetib kelish manzili deb Shotlandiya poytaxti ko‘rsatilgan. Havo laynerini boshqargan uchuvchining aytishiga qaraganda, ilgari bunday holat biror marta kuzatilmagan ekan.

Biroq oradan ikki soat vaqt o‘tib, samolyot baribir Germaniyaga parvoz qildi va yo‘lovchilarini o‘z manzillariga yetkazdi.

«British Airways» aviakompaniyasi buning uchun mijozlaridan uzr so‘radi va har biri bilan alohida aloqaga chiqishiga ishontirdi. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech