21 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,9 °C

Xavfsizlik
27 Iyun  2019 849

An-24 samolyoti chiziqdan chiqib, yonib ketdi

U Ulan-Ude — Nijneangarsk — Irkutsk yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilayotgandi.

Buryatiya bo‘yicha IIVBBning xabar berishicha, samolyotda 47 kishi bo‘lgan: 4 ekipaj a'zosi va 43 yo‘lovchisi. Yo‘lovchilardan 3 nafari 2, 13 va 17 yoshli bolalar ekani va hozircha 2 kishi (komandir va bortmexanik) halok bo‘lgani aytilmoqda.

Havoda samolyot yuritgichlaridan biri ishlamay qolgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot qo‘nishga uringanda uchish-qo‘nish yo‘lagidan 100 metr chetga chiqib ketib, tozalash inshootlari binosiga borib urilgan va yonib ketgan, deydi matbuot kotibi.

Samolyotning old qismi, jumladan, kabinasi butunlay pachoq bo‘lgan. Salon to‘liq yongan. Samolyotdan keyingi foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi, deya xabar beradi «Interfaks» manbasi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech