12 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,2 °C

Mamlakatimizda
10 Aprel  2019 1450

Samarqanddagi stadionning olib qo‘yilishi haqidagi gap-so‘zlar yuzasidan Milliy gvardiya bayonot berdi

Internetdagi ayrim ijtimoiy tarmoqlar orqali Samarqand shahrida yashovchi fuqaro A.Ibodullayevni Samarqand shahridagi kollej hududida qurgan “Mini stadioni” Milliy gvardiya tomonidan olib qo‘yilayotganligini iddao qilinishi kuzatilmoqda.

 

Nahotki, “ular” xaqiqiy holatni bilmay turib, davlat idoralarini qoralashlari javobgarlikni keltirib chiqarishni bilishmasa..?, deb yoziladi Milliy gvardiya matbuot xizmati bergan Bayonotda.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu fuqaro 2013-yilning o‘rtalarida Samarqand shahridagi kollej rahbariyatiga murojaat etib, kollej hududida faoliyat ko‘rsatayotgan 1785,0 kv.m bo‘lgan ochiq stadionni ijaraga olishga va ushbu stadion o‘rniga yopiq “Mini stadion” qurilishiga ruxsat berishini so‘ragan.

Kollej rahbariyati ham A.Ibodullayevning taklifini qo‘llab-quvvatlab, ushbu taklif yuzasidan viloyat O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasiga iltimosnoma kiritib, ijarachi tomonidan qurilishga sarflanadigan xarajatlarni uch tomonlama ijara shartnomasi asosida, ijara xaqi hisobidan qoplanishini ma’lum qilgan.

Samarqand viloyati O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tomonidan, ushbu taklif yuzasidan “Mini stadion”da kollej o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiya darslarida mini futbol turi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishini inobatga olib,  masalaga e’tiroz bildirmagan, ya’ni qo‘llab-quvvatlagan.

Samarqand shahar hokimining 2015-yil 28-dekabr kunidagi qaroriga ko‘ra, Samarqand shahar, N.Yoqubov ko‘chasi 2-manzilda joylashgan – “Samarqand oziq-ovqat kasb-hunar kolleji”ga o‘z hududida joylashgan 1785,0 kv.metr yer maydonidagi ochiq futbol maydonchasi o‘rniga, “Yopiq mini futbol maydonchasi” qurishga ruxsat berilgan.

Shu o‘rinda, bir masalaga e’tibor qaratish kerakki, ushbu stadion qurilishi yakuniga yetkazilib, foydalanishga topshirilganidan so‘ng, “Davlat mulkini ijaraga berish markazi”, kollej rahbariyati va tadbirkor o‘rtasida uch tomonlama ijara shartnomasi tuzilgan. Mazkur ijara shartnomasini amal qilish muddati 2017-yilning 31-dekabr kuniga qadar belgilab qo‘yilgan.

Ammo, fuqaro A.Ibodullaev 2018-yilning 1-yanvar kunidan ushbu uch tomonlama shartnomani qayta tuzmasdan faoliyat yuritib kelgan.

Hukumat qarori asosida, 2018-yilning oktyabr oyidan mazkur kollej hududi Milliy gvardiya ixtiyoriga o‘tkazilgan. Shu davr oralig‘ida ushbu fuqaro hech qanday ijara shartnomasisiz, soliq to‘lovlarini amalga oshirmay, qonunga zid ravishda faoliyat yuritib kelgan (bu masalaga tegishli davlat idoralari tomonidan xuquqiy baho berilishi talab qilinadi).

Kollej hududi davlat ehtiyojlari uchun Milliy gvardiyaga o‘tkazilganidan so‘ng, fuqaro A.Ibodullayev avval ushbu mini stadionda tadbirkorlik faoliyatini davom ettirishni, keyinchalik esa, mini stadion o‘rniga harbiy qism ehtiyojlari uchun boshqa bino qurilishini bilgach, mini stadion uchun sarflagan xarajatlarini Milliy gvardiya hisobidan yoki viloyat Hokimligi, shuningdek, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim boshqarmasi tomonidan qoplab berishni so‘ragan.

Fuqaro A.Ibodullayevning ushbu masalada Milliy gvardiya qo‘mondoni nomiga qilgan murojaati yuzasidan, unga “Mini stadion”ni qurilishiga sarflangan mablag‘larni undirish bilan bog‘liq yuzaga kelgan nizo bo‘yicha Milliy gvardiyaning dahli yo‘qligini, ushbu masalada tegishli idoralarga murojaat qilishi kerakligi bir necha bor tushuntirilgan.

Fuqaro A.Ibodullayev Milliy gvardiyani nizoli masalaga aloqasi yo‘qligini ongli ravishda bilgan holda, Milliy gvardiyaga kelib, sarflangan harajatlarini viloyat hokimligidan undirib berishni iltimos qilgan.

Fuqaro A.Ibodullayev o‘tgan davr mobaynida viloyat hokimligi tomonidan unga tadbirkorlik faoliyatini davom ettirishi uchun ajratilgan yer maydoniga ko‘chib o‘tmasdan, masalani qonuniy xal qilish o‘rniga, ushbu masalada Milliy gvardiya sud idoralariga da’vo kiritganidan so‘ng, go‘yoki u tomonidan qurilgan “Mini stadion” Milliy gvardiya tomonidan olib qo‘yilayotgani bo‘yicha turli davlat idoralariga murojaat qila boshlagan.

Vaholanki, o‘tgan davr mobaynida fuqaro A.Ibodullayev bilan ushbu masalada bir necha bor yuzma-yuz uchrashilib, amaldagi qonun hujjatlariga asosan harakat qilishi tushuntirilgan, shuningdek, u tomonidan yozilgan barcha murojaatlarga rasman javob berilgan.

Shuni alohida ta’kidlash lozim-ki, 2018-yilda o‘z faoliyatini tugatgan Samarqand shahar, N.Yoqubov ko‘chasi 2-manzilda joylashgan – “Samarqand oziq-ovqat kasb-hunar kolleji”da Hukumat tomonidan Milliy gvardiya uchun kapital qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Kollej hududidagi “Mini stadion” harbiy qism uchun kerak emasligi, ushbu stadion o‘rniga tasdiqlangan rejaga ko‘ra, boshqa ob’ekt qurilishi nazarda tutilgan.

Ammo, stadion ko‘chirib ketilmaganligi o‘rniga qurilishi lozim bo‘lgan ob’ektni belgilangan muddatda qurilishiga to‘sqinlik qilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, har qanday muammoli masalalar yoki Sizni qiziqtirgan savollar bo‘lsa 71 236-50-74 va 71 236-50-72 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi millat manfaatlarini himoya qiladigan davlat tashkilotidir. Milliy gvardiya o‘z obro‘siga va sha’niga dog‘ tushishiga yo‘l qo‘ymaydi”, deyiladi Bayonot so‘ngida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech