21 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,2 °C

Xavfsizlik
7 Dekabr  2019 598

Samarqandda o‘tkazilgan tadbirda aholidan 52 ta ov quroli chiqdi

Samarqand viloyati IIB tomonidan o‘tkazilayotgan «Tozalash-Antiterror» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri davomida fuqarolar o‘rtasida olib borilgan tushuntirish va profilaktik targ‘ibot ishlari natijasida viloyat bo‘yicha jami 52 ta qurol fuqarolarning o‘z ixtiyori bilan topshirilishiga erishildi, deb xabar qiladi IIV matbuot xizmati.

Misol uchun, Kattaqo‘rg‘on tumanida 17 ta, Samarqand shahri bo‘yicha 15 ta otish uchun yaroqli bo‘lgan turli xil qurollar fuqarolarimiz tomonidan ichki ishlar organlariga topshirildi.

Shunga qaramasdan, tushuntirish-targ‘ibot ishlaridan o‘zlariga to‘g‘ri xulosa chiqarmagan ayrim fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda qurol saqlab kelish va sotish kabi jinoyatlarni sodir etish holatlari ham aniqlanmoqda.

Jumladan, Samarqand shahri bo‘yicha IIOFMB tezkor xodimlari tomonidan Pastdarg‘om tumani «Agron» qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro N.T. noqonuniy ravishda qurol savdosi bilan shug‘ullanayotgani to‘g‘risida olingan tezkor ma'lumotga asosan maxsus tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida mazkur mahalla hududida fuqaro N.T. xaridor sifatida ishtirok etgan fuqaro «R»ga 1965 yilda ishlab chiqarilgan ye 67894 raqamli, 16 mm. kalibrli o‘qotar ov qurolini 200 AQSh dollariga sotayotgan paytda ushlangan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech