06 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,7 °C

Turizm
5 Iyul  2019 1144

Samarqandda MDH Turizm kengashining yig‘ilishi o‘tkaziladi

9-10-iyul kunlari Samarqand shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Turizm kengashining yig‘ilishi o‘tkaziladi. Bugun Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ushbu tadbir hamda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tayotgan MDH mamlakatlari I turistik yarmarkasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

MDH mamlakatlari turistik jozibadorligini oshirish va soha vakillarining faol ishtirokini ta'minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan 2018-yilning 10-11-avgustida Dushanbe (Tojikiston) shahrida bo‘lib o‘tgan MDH mamlakatlari Turizm kengashi yig‘ilishi doirasida navbatdagi tadbirni Samarqand shahrida o‘tkazish taklif qilingan edi. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi hamda Vazirlar Mahkamasining MDH mamlakatlari Turizm kengashi yig‘ilishini Samarqandda o‘tkazishga doir topshirig‘iga muvofiq, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan MDH mamlakatlari Birinchi turizm yarmarkasini o‘tkazish bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi. Loyihaga ko‘ra, mazkur yarmarkaning MDH mamlakatlari Turizm kengashi tadbiri doirasida tashkil etilishiga kelishildi.

Mazkur format MDHga a'zo mamlakatlarning turistik salohiyati bilan yaqindan tanishish, Hamdo‘stlikdagi turizm sektorining muhim trendlari va yangiliklarini almashish, turizm tashkilotlari va biznes vakillari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish uchun qulay sharoit yaratadi.

Ta'kidlash joizki, mazkur tadbir dasturi “MDH davlatlarida turizm va mintaqaviy hamkorlik: yangi chaqiruvlar va imkoniyatlar” deb nomlangan Halqaro ilmiy-amaliy seminarni ham o‘z ichiga oladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech