26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,6 °C

Mamlakatimizda
1 May  2019 535

Samarqandda I chorakda 85,5 mln. AQSh dollari qiymatidagi tovarlar eksport qilindi

Samarqand viloyatida o‘tgan 2018-yilning birinchi choragida qiymati 69,7 million  AQSh dollariga teng tovarlar eksport qilingan bo‘lsa, joriy yilning birinchi choragida qiymati 85,5 million AQSh dollari miqdoridagi tovarlar eksport qilindi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi. Bu esa o‘tgan yilga nisbatan tovarlar eksporti 23 foizga o‘sganidan dalolatdir.

“Jartepa” chegara bojxona postining ochilishi O‘zbekiston va Tojikiston ishbilarmonlari va tadbirkorlari uchun ham katta imkoniyat eshigini ochdi. Bugungi kunda samarqandlik tadbirkorlar So‘g‘d viloyatiga gilam va gilam mahsulotlari, elektrotexnika vositalari, mineral va kimyoviy o‘g‘itlar, parranda-naslchilik, qishloq xo‘jalik va boshqa mahsulotlarni eksport qilmoqda.

Mazkur bojxona posti xodimlarining samarali mehnat faoliyat olib borishlari natijasida post orqali harakatlanayotgan eksportga yo‘naltirilgan yuk avtomashinalari tezkorlik bilan bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilib kelinmoqda.

Eksportga yo‘naltirilgan yuk avtotransport vositalarining bojxona chegaralari orqali harakatlanishi kun sayin ortib borayotir. Chegara o‘tkazish punktlarida esa tirbandliklarini oldini olish maqsadida bojxona nazoratining zamonaviy texnik vositalari bazasi doimiy yangilanmoqda.

Eksportyorlar uchun “Jartepa” bojxona postida yaratilgan shart-sharoitlar tadbirkorlarimizga katta imkoniyat, qo‘shma korxonalar, yangi ish o‘rinlari yaratilishi, byudjetga qo‘shimcha daromad va oxir-oqibat ikki mamlakat aholisi hayotining farovonlashuviga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech