25 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,9 °C

Xavfsizlik
5 Dekabr  2019 521

Samarqandda 402 dona gaz ballon va 101 mln. so‘mlik suyultirilgan gaz talon-toroj qilindi

“Jomboytumangaz” filialida aholi uchun ajratilgan suyultirilgan gaz ballonlarini talon-toroj qilish holati aniqlandi, deb xabar qiladi Bosh prokuratura matbuot kotibi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati, Jomboy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Jomboytumangaz” filiali bo‘lim muhandisi G‘.I. va boshqalar, moddiy javobgarligida bo‘lgan 128,2 mln. so‘mlik 402 dona maishiy gaz balonlarini hamda 101,4 mln. so‘mlik suyultirilgan gaz mahsulotlarini asossiz hisobdan chiqarib talon-toroj qilganliklari ma'lum bo‘ldi.  

Mazkur holat yuzasidan G‘.I. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech