18 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,9 °C

Hukumat
11 Yanvar  2019 3190

Samarqand viloyatining hokimi tasdiqlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tavsiyasi Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Erkinjon Turdimov Samarqand viloyatining hokimi etib tasdiqlandi

Davlatimiz rahbari viloyat rahbarlari va faollari oldidagi dolzarb vazifalarni belgilab berdi. 

- Viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, investitsiya jarayonini faollashtirib, yangi korxonalar qurish va ish oʻrinlarini koʻpaytirish eng muhim va ustuvor yoʻnalish hisoblanadi. Oʻtgan yili viloyatda 448 ta obyekt ishga tushirilib, 8 ming 700 dan ortiq ish oʻrni yaratilgan. Lekin Samarqanddek katta salohiyatga ega hudud uchun bu yetarli emas, - dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Shu maqsadda 2019-2020 yillarda amalga oshiriladigan 968 ta investitsiya loyihasi shakllantirilgani, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda yirik sanoat korxonalari tashkil etilishi maʼlum qilindi. 

Samarqandning turizm salohiyatidan foydalanish, qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha topshiriqlar berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech