24 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,2 °C

Mamlakatimizda
31 Yanvar  2019 1752

Samarqand viloyatida ikki tuman hokimi tasdiqlandi

Bugun Oqdaryo va Tayloq tumanlarida xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ularda viloyat hokimligi vakillari, viloyat va  tuman tashkilotlari rahbarlari hamda xalq deputatlari tuman kengashining deputatlari qatnashishdi. Har ikkala sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Shu kunga qadar Oqdaryo tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Abilov Feruz Ne’matullaevich Oqdaryo tumani hokimi etib, Tayloq tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Bobonazarov Bahodir Qodirovich rasman tuman hokimi etib tasdiqlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech