21 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,7 °C

Mamlakatimizda
9 Aprel  2019 904

Samarqand viloyati sudlari yil boshidan buyon 49 nafar shaxsni sud zalidan ozodlikka chiqargan

Ushbu ma'lumot jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand va Jizzax viloyatlari sudlari sudyalari ishtirokida videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan mintaqaviy seminarda qayd etildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2006-yil 3-fevraldagi «Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida»gi qarori mazmun-mohiyatigi bag‘ishlangan yig‘ilishda yilning birinchi choragida ikki viloyat sudida ko‘rilgan ishlar, sudlanuvchilarga jazo tayinlashda qonun me'yorlarini to‘g‘ri qo‘llanilishini ta'minlash va bu borada yagona sud amaliyotini shakllantirish masalalar muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, 2019-yilning dastlabki uch oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudlari tomonidan 718 shaxsga jazo tayinlanib, hukm chiqarilgan. Jumladan, 524 kishi yoki sudlanuvchilarning 73 foiziga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan. 246 nafar shaxsga axloq tuzatish ishlari, 193 nafar shaxsga ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech