20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,2 °C

Xalqaro munosabatlar
13 May  2019 870

Samarqand davlat tibbiyot instituti va Ispaniya universiteti o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi

Ispaniya Qirolligining Kastiliya La-Mancha universiteti (Universidad de Castilla-La Mancha) xalqaro ishlar va uzluksiz ta'lim bo‘yicha prorektori Fatima Guadamillas Gomez, xalqaro aloqalar bo‘limining akademik direktori Djordi Gimeno Bevia va ispan elchixonasining xodimi Alejandro Pastranalardan iborat delegatsiya Samarqand davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi telegram kanali.

Tashrif davomida mehmonlar institutda o‘quv jarayonining tashkil etilishi, axborot-resurs markazi, test markazi, elektron kutubxona va simulyasion ta’lim markazini ko‘zdan kechirdilar. Ispaniya universiteti vakillari institutda Yevropa ta’lim talablariga to‘liq javob bera oladigan oliy tibbiy ta’lim olish maqsadida yaratilgan shart-sharoitlarga yuqori baho berishdi.

O‘zaro manfaatli muloqot natijasida Samarqand davlat tibbiyot instituti va Kastilya-la-Mancha universiteti (Toledo, Ispaniya) o‘rtasida oliy ta’lim sohasi hamda ilmiy va akademik almashuvlar haqida memorandum imzolanib, yaqin istiqboldagi samarali hamkorlikning ilk  qadamlari qo‘yildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech