27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,5 °C

Mamlakatimizda
7 May  2019 1153

Toshkentda bayramona mushakbozlik o‘tkaziladi

9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkentda bayramona mushakbozlik o‘tkazilishi rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Poytaxtimiz osmoni uzra feyrverk bayram kuni soat 21:00da yog‘du sochadi.
Ushbu shou urush qatnashchilari va faxriylarning yurt tinchligi va ozodligi yo‘lida qilgan ulug‘ xizmatini sharaflash maqsadida tashkil etilmoqda.
Bu bilan yoshlar ongiga 9 may – Xotira va qadrlash kunining ahamiyatini singdirish, g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shgan, vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, kuch-quvvatini ayamagan har bir faxriy, har bir kishi xotirasi abadiylashtirilishi, ularga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatilishini tushuntirish va targ‘ib etish ko‘zda tutilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech