17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Salomatlik
1 May  2019 1038

Ruhiy kasalliklar shifoxonasida yuz bergan holat bo‘yicha SSV bayonoti

Sog‘liqni saqlash vazirligi internet saytlarida e’lon qilingan Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida ro‘y bergan holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

1994-yilda tug‘ilgan fuqaro A. I. Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasiga joriy yilning 16-aprel kuni sog‘lig‘i yuzasidan maxsus psixiatriya tez yordami mashinasi orqali olib kelingan va o‘sha kuni shifoxonaga joylashtirilgan. Bemorning ruhiy holatidagi o‘zgarishlar tufayli unga atrofdagilar dushmandek ko‘ringan, shu sababli u atrofdagilardan shubhalangan va bezovta bo‘lgan.

Ruhiy holatiga ko‘ra, bemorga tegishli muolajalar qilinishi boshlangan, shu qatorda tinchlantiruvchi psixotrop dori vositalari qo‘llanilgan. Qayd etish lozimki, ayrim dori vositalari organizmni bushashtiradi, tinchlantiradi va uyquchanlik chaqiradi.

Joriy yil 22-aprelda ro‘y bergan videotasvirdagi jarayon yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi huquq-tartibot organlari bilan birgalikda tezkor ravishda xizmat tekshiruvini boshladi.

Eslatib o‘tamiz, shifoxonada qonuniylik va tartibni saqlash maqsadida kuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, ular orqali tunu-kun videoyozuv olib boriladi. Agarda xodimlar tomonidan bemorlarga nisbatan asossiz kuch ishlatish, nafsoniyatga tegish, qo‘pol munosabatda bo‘lish holatlari aniqlansa, tabiiyki, tegishli qonuniy choralar ko‘riladi, deyiladi vazirlik bayonotida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech