15 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,5 °C

Xalqaro munosabatlar
6 Mart  2019 1772

Rossiya federatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vaziri V.Skvorsova boshchiligidagi nufuzli delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi sog‘liqni saqlashni rivojlantirish sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash yo‘lidagi sa'y-harakatlarning mantiqiy davomidir.

 

Tashrif doirasida delegatsiyaning O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri A. Shadmanov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati. Unda sog‘liqni saqlash va tibbiy ta'lim sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalari muhokama qilinadi. Bundan tashqari, tomonlar birgalikda qo‘shma fakultetlarni tashkil etish, bakalavr, magistr va klinik ordinaturadagi ta'lim dasturlarini takomillashtirish kabi qator masalalarga ham e'tibor qaratiladi.

Delegatsiya a'zolari, shuningdek, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, xususiy klinikalar, birlamchi tibbiy yordam muassasalari hamda tibbiyot oliy o‘quv yurtlariga tashrif buyurib, O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech