14 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,6 °C

Xalqaro munosabatlar
1 Noyabr  2019 545

Rossiya O‘zbekistonda atom elektr stansiyasiga eksport krediti ajratishni ko‘rib chiqadi

RF hukumati O‘zbekistonda Rosatom tomonidan atom elektr stansiyasini qurish uchun eksport kreditini ajratishni ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda hukumat apparati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sergey Prixodko jurnalistlarga Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Dmitriy Medvedev ishtirokidagi ShHT davlatlari hukumatlari rahbarlari Kengashining majlisiga bag‘ishlangan brifingda ma'lum qildi.

Prixodko atom elektr stansiyasini qurish loyihasi Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari uchun strategik ahamiyatga egaligi va kontraktatsiya hamda moliyalashtirish masalalarini ham qo‘shgan holda Rossiya hukumatining alohida nazoratida ekanini ta'kidladi. AES qiymatining dastlabki narxi ma'lum va o‘zbekistonlik hamkasblar bilan bu borada muzokaralar olib boriladi. «Bunday loyihalarning narxi shartnoma tuzishdan oldin ham, keyin ham oshkor qilinmaydi», dedi RF hukumati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari.

2018-yil sentabr oyida RF va O‘zbekiston hukumatlari rahbarlari Dmitriy Medvedev va Abdulla Aripovlar respublika hududida atom elektr stansiyasini qurishda hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar, unga muvofiq Rosatom SSER-1200 reaktor qurilmalari bilan «3+» avlodining ikkita energiya blokini qurishni rejalashtirmoqda.

2019-yil 17-may kuni O‘zatom va Rosatom Toshkentda atom elektr stansiyasini qurish maydonchasida muhandislik izlanishlarini o‘tkazish bo‘yicha shartnomani imzoladilar. Stansiya qurilishi 2022-yilda Rossiya hukumati kreditini jalb qilish bilan boshlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech