24 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,7 °C

Yashil sayyora
27 Aprel  2019 1289

«Rossiya-24» kanalida Orolbo‘yidagi ekologik vaziyat haqidagi syujet namoyish etildi

«Vesti» dasturining Markaziy Osiyo byurosi bosh muharriri Robert Fransev Muynoq tumanida bo‘ldi, vatandoshi Zinoviy Novitskiy bilan dengiz tubida piyoda yurdi va hajmi juda kichrayib ketgan ummonni borib ko‘rdi.

«Orol fojiasini olimlar Chernobil fojiasiga tenglashtirmoqdalar va XX asrning eng dahshatli falokati, deya e'tirof etmoqda» deya boshlanadi syujet.

Shuningdek, unda xabar qilinishicha, joriy yilning 7-8-may kunlari OQXJ (Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi) yana yig‘ilib, Orolbo‘yi hududlarining ekologik muammolari bilan bog‘liq dolzarb masalalarni muhokama qiladi.

«Insonning o‘ylamay ish ko‘rgani uchun tabiat qanday qattiq jazolashi mumkinligini Orol fojiasi misolida ko‘rib turibmiz», deya xulosa qiladi jurnalist. Efir chog‘i hozirgi va kelgusi avlodlar uchun yaxshigina eslatma bo‘ladigan Mo‘ynoqdagi kemalar qabristoni ham namoyish etildi.

Syujetda qum bo‘ronlari, hozirda melioratsiya ishlari boshlab yuborilgan qurib qolgan olti million gektarlik Orol dengizi tubi haqida ham gap boradi. Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Zinoviy Novitskiy qurg‘oqchilikka va sho‘r tuproqqa o‘ta chidamli o‘simliklarning ko‘chatlari keng miqyosda o‘tqazilayotgani haqida so‘zlaydi.

Syujetda davlatimiz rahbarining BMT Bosh assamleyasidagi nutqi ham keltiriladi. Prezidentimiz o‘shanda Orol dengizi fojiasi haqida gapira turib, uning xaritasini namoyish qildi va yuzaga kelgan vaziyatning qanchalik jiddiy ekanini misolda ko‘satib bergandi.

Robert Fransev o‘z syujetini Orol dengizi qirg‘og‘ida yakunlagan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech