19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,4 °C

Kеyingi avlod
26 Fevral  2019 2618

G‘olib Turin politexnika universitetiga qo‘shimcha 30 foizlik kirish balliga ega bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Iste’dodli yoshlari qo‘llab-quvvatlash «Ulug‘bek» jamg‘armasi, shuningdek, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorlikda iste’dodli yosh robototexniklar o‘rtasida «RoboCUP» teletanlovni e’lon qiladi.

 

«RoboCUP» tanlovi Robo-sumo va Robo-futbol yo‘nalishlariga bo‘linadi va ikki yosh toifasida o‘tkaziladi.

Robo-sumo yo‘nalishida Arduino platformasi asosida yaratilgan 16 ta o‘zini o‘zi boshqaruvchi robotlar o‘rtasida o‘tkaziladi. Ushbu yo‘nalishda ishtirok etish uchun ikki kishidan iborat jamoa o‘z robotini yaratishi lozim. Tanlov g‘oliblari Xitoyda o‘tkaziladigan Asian Science Camp lageriga yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar.

Robo-futbol yo‘nalishi Lego konstruktori asosida yaratilgan robotlar o‘rtasida o‘tkaziladi. G‘oliblar Turin politexnika universitetiga qo‘shimcha tarzda 30 foizlik kirish balliga va qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 5-martiga qadar reg.mininnovation.uz saytidagi onlayn-arizani to‘ldirish talab etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech