19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Mamlakatimizda
10 Sentyabr  2019 578

Prezident maktablari va ijod maktablarini rivojlantirish agentligi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident Farmoni (PF–5815-son) hamda ushbu Agentlik faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori (PQ–4444-son, 09.09.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi. 

Farmon bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi.

Quyidagilar Agentlikning idoraviy bo‘ysunuviga o‘tkazildi:

- Prezident maktablari;

- ijod maktablari;

- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktab-internati va Abu Ali Ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati.

Farmon bilan Agentlikning asosiy vazifalari belgilandi.

Shunga ko‘ra, Agentlik Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoshlarni aniqlash, tanlash, o‘qitish va tarbiyalash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

Agentlikka Bosh vazir taqdimnomasiga ko‘ra Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun o‘rnatiladigan davlat ta'lim standartlari Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech