17 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,5 °C

Mamlakatimizda
31 May  2019 911

Respublikamizdagi 14 ta maktabda ta’limni boshqarish tizimi joriy etiladi

Xalq ta'limi vazirligi, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Digital Knowledge Co. Ltd kompaniyasi (Yaponiya) ta'limni boshqarish tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shma loyihaga start berdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot.

Bugun Xalq ta'lim vazirligi, JICA va Digital Knowledge Co. Ltd vakillari mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha bayonnomani imzoladi.

Loyiha ta'limni boshqarish tizimini joriy etish orqali maktab o‘qituvchilarining malakasini oshirish, yurtimizning barcha viloyatlarida yagona ta'lim sifatini ta'minlash hamda davlat va nodavlat maktablarida ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan.

Narxi 1 mln. dollar  bo‘lgan mazkur loyiha davlat-xususiy sherikchilik shaklida amalga oshiriladi. Loyiha JICA tomonidan ajratilgan grant hisobiga moliyalashtiriladi.

Digital Knowledge Co. Ltd kompaniyasi mutaxassislari yangi loyihani amalga oshirishda ishtirok etadi. Jumladan, loyiha doirasida mamlakatimizning barcha viloyatlarida joylashgan 14 ta pilot maktablarida ta'limni boshqarish tizimi joriy etiladi. (har bir viloyatda bittadan maktab).

Loyiha doirasida yaponiyalik mutaxassislar pilot maktablari faoliyati va o‘qitish metodlarini o‘rganadi. Hamkorlikda amalga oshirilgan ish natijalariga ko‘ra o‘qituvchilar Ichishin Holdings Group, Meiko Network Japan, Gakusho va boshqa Yaponiyaning yetakchi kompaniyalarining o‘quv dasturlari va materiallari bo‘yicha masofaviy ta'limdan o‘tadi. Mazkur dastur va materiallar tarjima qilinishi va O‘zbekiston standartlariga moslashtirilishi ham rejalashtirilgan.

Kompyuter test tizimini mahalliylashtirish mazkur loyihaning asosiy qismlaridan biri bo‘ladi. Mahalliylashtirilgandan so‘ng mazkur tizim orqali pilot maktablardagi o‘kuvchilar imtihondan o‘tkaziladi, bu esa o‘quvchilarning bilim olish darajasini aniqlashga ko‘mak beradi.

Loyiha doirasida yaponiyalik mutaxassislar nodavlat ta'lim muassasalari vakillari uchun ham ta'lim tizimini boshqarishning afzalliklari va elektron o‘quv materiallarini yaratish bo‘yicha bir qator tadbirlar tashkil etishni rejalashtirgan.

Loyiha bir yil davomida amalga oshiriladi. Ushbu tashabbus natijasiga ko‘ra loyiha ishtirokchilari ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha kattaroq loyihani amalga oshirishni o‘rganib chiqishlari mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech